» » Xolokost vaqtida yuzlab yahudiy bolalarni qutqargan o‘qituvchi 107 yoshida vafot etdi

Xolokost vaqtida yuzlab yahudiy bolalarni qutqargan o‘qituvchi 107 yoshida vafot etdi


Gollandiya diniy maktabining direktori, Xolokost vaqtida yuzlab yahudiy bolalarni qutqargan Yoxan van Xalst 107 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gollandiya senatiga tayanib CNN xabar bermoqda, deb yozadi ForumDaily.

Xalst direktori bo‘lgan kollejning hovlisi yahudiy bolalar konsentratsion lageriga jo‘natilishidan avval saqlab turilgan markazga chegaradosh edi. U bolalarni devor orqali tashib, maktabga yashirgan, keyinroq ularni xavfsiz joylarga yuborgan.

“80, 90, ehtimol 70 yoki 100 bolani ko‘z oldingizga keltiring. Qay birini o‘zingiz bilan olib ketishingizni hal qilishingiz lozim. Bu eng qiyini edi”, — deya xotirlaydi Xalst 1943-yilgi davrni.

“Barcha bolalarni olib keta olmasligingizni anglaysiz. Siz qoldirib ketgan bolalar o‘lishini bilasiz. Men 12 nafar bolani oldim. Keyinroq nega 13 nafarini olmadim deb o‘zimni savolga tutdim”, — deya hikoya qiladi u.

Urush tugagandan so‘ng Xalst Xristian-demokratik apellyatsion partiyasi a’zosi, keyinroq esa senator bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют