» » Kemerovodagi savdo markazida fotosuratchi “o‘yinchoq” gazniqob yordamida 30 bolani qutqargan

Kemerovodagi savdo markazida fotosuratchi “o‘yinchoq” gazniqob yordamida 30 bolani qutqargan


Rossiyaning Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida yosh fotosuratchi Yevgeniy o‘z rekvizitida bo‘lgan gazniqobdan foydalanib, 30 ga yaqin bolani qutqargan, deb yozadi “KP.ru”.

Yevgeniyning so‘zlariga ko‘ra, uning firmasi kinozallarga juda yaqin bo‘lgan maydonchada bolalar bayramini o‘tkazayotgan edi. Yong‘in boshlanganida, fotosuratchi uni birinchilardan bo‘lib payqab qolgan.

Hayratlanarli tasodif bilan uning ijodiy rekvizitidan gazniqob chiqib qolgan. Yigit uni kiyib, tutun ichiga kirgan. U bolalar tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha yaxshigina tajribaga ega bo‘lgani sababli, bolalarni tezlik bilan to‘plab, yonayotgan zaldan olib chiqib ketgan, keyin esa qutqaruv chiqish eshiklaridan tashqariga chiqargan.

Ayni paytda Yevgeniy boshqa zallarda bolalar kattalarsiz qamalib qolganini bilmagan.

Kemerovodagi savdo markazda yong‘in 25-mart kuni boshlangandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 64 kishi, shu jumladan 41 nafar bola halok bo‘ldi, 69 kishi jabrlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют