WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Kemerovodagi savdo markazida yuz bergan yong‘inda viloyat gubernatorining yaqin qarindoshi halok bo‘ldi
Kemerovodagi savdo markazida yuz bergan yong‘inda viloyat gubernatorining yaqin qarindoshi halok bo‘ldi
Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida yuz bergan yirik yong‘inda viloyat gubernatori Aman Tuleyevning yaqin qarindoshi — yosh qizcha halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Yong‘in qurbonlarining oilalariga 1 million rubldan tovon puli berilishini ma’lum qilar ekan, gubernator hodisa yuzasidan shaxsan o‘zi ham qayg‘uda ekanligini aytdi. “Afsuski, yaqin qarindoshim, yosh qizcha ham halok bo‘ldi”, — dedi u.
Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning oilalari bilan psixologlar, ijtimoiy ishchilar va shifokorlar ishlaydi. Ishlar manzilli tarzda olib boriladi, dedi u.
25-mart, yakshanba kuni ro‘y bergan yong‘inda 37 kishi halok bo‘ldi. Yana 64 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?