» » O‘zbekistonda xalqaro jaz musiqasi kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekistonda xalqaro jaz musiqasi kunlari o‘tkaziladi


O‘zbekistonda madaniyat vazirligi hamda UNESCO shafeligida xalqaro jaz musiqasi kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jaz musiqasi kunlari joriy yilning aprel oyida Toshkent shahri, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari markazlarida o‘tkaziladi. Bir qator davlatlardan tashrif buyuradigan ijodiy jamoalar tomoshabinlarga konsert tomoshalari bilan birgalikda mahorat darslarini namoyish etadi.

Xalqaro jaz kunlarini o‘tkazish uchun tashrif buyuradigan ijodiy jamoalarning tomonidan o‘tkaziladigan konsert tomoshalari ro‘yxati bilan madaniyat vazirligi saytida tanishish mumkin.

Madaniy tadbirning yopilish marosimi Toshkent shahri “Turkiston” san’at saroyida 30-aprel kuni soat 19:00 da o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют