WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Toshkentda “uy olib beraman” deb 35 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan firibgar ushlandi
Toshkentda “uy olib beraman” deb 35 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan firibgar ushlandi
Toshkent shahri, Yashnobod tuman IIBga uy uchun bergan katta miqdordagi pulini qaytarib ololmayotgan jabrdiyda murojaat qildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2016-yil aprel oyida Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1963-yilda tug‘ilgan A.Rasulov Z.Dastxodjayevaning xonadonida unga uy olib berishini aytib, ishonchiga kirib, 35 ming dollar pulini oladi. Biroq va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.
Ko‘rilgan choralar natijasida A.Rasulov qo‘lga olindi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Кто вы по знаку зодиака?