» » Prezident Jizzaxda qurilish materiallari korxonalarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Jizzaxda qurilish materiallari korxonalarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi


Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahri Mustaqillik ko‘chasida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishini ko‘zdan kechirdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hududda 10 ta 7 qavatli uy barpo etilmoqda. Joriy yil Mustaqillik bayrami kunlari ularning foydalanishga topshirilishi natijasida 420 ta oila yangi uyli bo‘ladi.

“Birgina bu emas. Hali oldinda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari talaygina. Sharof Rashidov tumani Uchtepa shaharchasida ko‘p qavatli, ‘Toqchilik’ qishloq fuqarolar yig‘inida arzon uy-joylar qurish, Islom Karimov ko‘chasi bo‘yicha zamonaviy infratuzilma obyektlari barpo etish, Toshkent va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan hudud qiyofasini o‘zgartirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va boshqa loyihalar rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Davlat rahbari bu ishlarga zarur qurilish materiallarini viloyatning o‘zida ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba va texnologiyaga ega zavodlarni jalb etib, shunday korxonalar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют