» » Nika Gilauri: Amaldagi Soliq kodeksi O‘zbekiston iqtisodiyoti va xususiy sektorning rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilmoqda

Nika Gilauri: Amaldagi Soliq kodeksi O‘zbekiston iqtisodiyoti va xususiy sektorning rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilmoqda


Gruziyaning sobiq vaziri, prezident Mixail Sakaashvili iqtisodiy jamoasi a’zosi, hozirda Reformatics konsalting kompaniyasiga rahbarlik qilayotgan Nika Gilauri O‘zbekiston soliq tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etdi. Bu haqda prezident huzuridagi Loyihaviy boshqaruv milliy agentligi va Xalqaro press-klubning 29-martdagi hujjatni jamoatchilik bilan muhokama qilishga bag‘ishlangan majlisda ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

“Islohotlarni qilish oson emas, islohotlarni amalga oshirish juda qiyin. Har doim qarshilik qiluvchi odamlar bo‘lgan, har doim norozi odamlar bo‘lgan. Ular asosan Gruziya davlat xizmatchilari edi”, — dedi sobiq bosh vazir.

Nika Gilaurining fikricha, hozirda O‘zbekistonda soliq sohasini keng miqyosda isloh qilish uchun ayni vaqti: “Hozir shunday paytki, mamlakat jahon hamjamiyati, xalqaro investorlarning diqqat markazida, bunday vaqtda mamlakatga juda katta investitsiyalar, katta texnologiyalarni jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini ochish mumkin”.

“Xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari O‘zbekistondagi islohotlarga qoyil qolishmoqda, mamlakat prezidentining xatti-harakatlarini barcha xalqaro hamjamiyat qo‘llab-quvvatlaydi va erishilgan narsalar bilan to‘xtab qolmaslik kerak”, — dedi Reformatics rahbari.

Nika Gilaurining ta’kidlashicha, amaldagi Soliq kodeksi O‘zbekiston iqtisodiyoti va xususiy sektorning rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilmoqda.

“Soliq kodeksi qanday bo‘lishi kerak?” — so‘radi va shunday javob berdi: “Soliq kodeksi oddiy, bashorat qiluvchi va barcha uchun teng sharoitlar yaratuvchi bo‘lishi kerak”. Muhokama uchun taqdim etilgan hujjat barcha xalqaro talablarga mutlaqo javob beradi, deya ta’kidladi Nika Gilauri va shunday qo‘shimcha qildi: “Bu hatto men ko‘rgan eng ilg‘or variantlardan biri”.

“Ushbu hujjat O‘zbekiston iqtisodiyotida ulkan sakrashni amalga oshirishga yordam beradi”, — deya davom etdi va islohotlardan qo‘rqmaslik, taklif etilgan hujjatni faol muhokama qilishga chaqirdi.

U murakkab soliq islohotini boshidan o‘tkazgan Gruziyani misol keltirdi: “Bizda 21 ta soliq turi bor edi, ularni 6 tasini qoldirdik. Va soliq tushumlari oshdi”. Xususiy sektor oddiy va halol tizim yaratilsa, soliqlarni to‘lashga tayyor ekan, dedi Nika Gilauri. “Gruziya tajribasi, gruzin islohotlari buni isbotladi”.

Soliq islohotidan so‘ng gruzin iqtisodiyoti 4 barobarga o‘sdi, budjetga tushumlar miqdori 10 barobarga oshdi. Har yillik ro‘yxatdan o‘tuvchi kompaniyalar soni 3000 tadan 17 mingtaga ko‘tarildi. Jahon bankining Doing Business reytingida Gruziya 112-o‘rindan 8-o‘ringa yuqoriladi, dedi sobiq bosh vazir.

“O‘ylaymanki, O‘zbekistonga osonroq bo‘ladi. Birinchidan, mamlakat hududi katta. Ikkinchidan, sizlarda vaziyat biz Gruziyada ushbu islohotlarni amalga oshirgan vaqtdagidan birmuncha yaxshiroq. Va uchinchidan, sizlarda Gruziya bor, sizlar ko‘rib chiqishingiz va taqlid qilishingiz mumkin. Men hozir muvaffaqiyatlar haqida gapirayapman, biroq sizlar biz qancha xato qilganimizni bilasiz”.

“Aminmanki, ushbu islohotlar juda muvaffaqiyatli bo‘ladi va unda ishtirok etayotganimdan g‘ururlanaman”, — deya o‘z so‘zini yakunladi Nika Gilauri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют