» » 2018—2020-yillar uchun Soliq islohoti konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi

2018—2020-yillar uchun Soliq islohoti konsepsiyasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi


Prezidentning 2018-yil 13-fevraldagi “Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi soliq yukini kamaytirish, QQS stavkalarini pasaytirish, qator soliqlar va majburiy to‘lovlarni bekor qilishni, shuningdek, soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi 2018—2020-yillarga mo‘ljallangan Soliq tizimini tubdan isloh qilish konsepsiyasi loyihasini tayyorladi, deb yozadi Norma.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e’lon qilindi.

29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi “O‘zekspomarkaz”da Konsepsiya loyihasining jamoatchilik muhokamasini tashkil qiladi. Yig‘ilish 10:00 da boshlanadi.

Soliqqa tortish sohasidagi ekspertlar, biznes-hamjamiyatlar, OAVlar, xalqaro moliya institutlari, diplomatik korpuslar vakillari va boshqa manfaatdor shaxslar taklif etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 137) ( 0) ( 135) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют