» » O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ma’muriy islohot konsepsiyasi loyihasini tayyorladi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Ma’muriy islohot konsepsiyasi loyihasini tayyorladi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mamlakatdagi Ma’muriy islohot konsepsiyasi loyihasini tayyorladi, u jamoatchilik muhokamasi uchun Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hujjatda ta’kidlanishicha, davlat boshqaruvining amaldagi modelini mukammallashtirmasdan va ushbu sohada mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilmasdan turib, 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish mumkin emas.

Mavjud muammolar qatorida quyidagilar tilga olingan:

o‘tish bosqichida samarali bo‘lgan, bozor aloqalari va tez o‘suvchi xususiy sektor, markazlashmagan tizimga bosqichma-bosqich o‘tish va davlat boshqaruvini demokratlashtirish sharoitlarida o‘z dolzarbligini yo‘qotgan “qo‘lda” boshqarish va direktiv rejalashtirish uslublari;

respublika davlat boshqaruvi organlarining haddan tashqari markazlashgani va joylardagi davlat hokimiyati organlarining institutsional, shuningdek, tashkiliy-shtatli zaifligi;

davlat boshqaruvi organlariga yuklangan vazifa va funksiyalar bajarilishi, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi darajasining aholi va biznes talablariga mos kelmasligi;

iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohaning davlat tomonidan haddan tashqari boshqarilishi, o‘z-o‘zini boshqarish institutining rivojlanmaganligi va boshqalar.

“Davlat boshqaruvi tizimida mavjud kamchiliklar jamoatchilikning o‘sib borayotgan talablarini yetarlicha qondirish, joylarda to‘planib qolgan muammolarni yechish, hududlar iqtisodiyotining qoloq rivojlanishini hal qilish, va odamlar hayotida kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga erishishga imkon bermaydi”, — deyiladi konsepsiya loyihasida.

Yuzaga kelgan vaziyatda, deyiladi hujjatda, davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish talab etiladi.

Loyihada bunday takomillashtirish nimalarni ko‘zda tutishi va qanday natijalarga olib borishiga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 100) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют