» » O‘zbekistonda 2017—2021-yillarda soya ekiladigan maydonlar ko‘paytirilishi mumkin

O‘zbekistonda 2017—2021-yillarda soya ekiladigan maydonlar ko‘paytirilishi mumkin


O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Soya ekinini yetishtirish va aholini soya o‘simlik moyiga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjatda 2017—2021-yillarda soya o‘simligi ekiladigan maydonlar bosqichma-bosqich ko‘paytirib borilishi, mazkur vaqt davomida jami 92 266 gektar maydonga asosiy, 40 557 gektar maydonga esa takroriy ekin sifatida ekilishi ko‘zda tutilgan. 

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermerlari Kengashi, “O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar bilan birgalikda 1 oy muddatda soya ekiladigan maydonlarni fermer xo‘jaliklari va konturlar kesimida aniqlash, soya urug‘ligini yetishtirishga ixtisoslashgan urug‘chilik fermer xo‘jaliklarini belgilangan tartibda tanlab olish, soya yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va yog‘-moy korxonalari o‘rtasida kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish vazifalari yuklatiladi.

“O‘zpaxtayog‘” AJ 2 oy muddatda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari buyurtmanomalari asosida soya yetishtirishda ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan xorijiy davlatlardan 2017-yil hosili uchun talab qilingan 660 tonna soya urug‘i keltirilishini ta’minlashi bildirilgan.

Soya yetishtiradigan fermer xo‘jaliklarini bo‘nak mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida yog‘-moy korxonalariga tijorat banklari tomonidan 36,5 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratish, kredit mablag‘larini 2017-yil martiga qadar fermer xo‘jaliklarining maxsus hisob raqamlariga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda. 

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (9-02-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют