» » O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlar amalga oshiradigan faoliyat turlari maqbullashtiriladi

O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlar amalga oshiradigan faoliyat turlari maqbullashtiriladi


O‘zbekistonda aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshiq bo‘lgan barcha xususiy tadbirkorlarni qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashga o‘tkazish taklif etilmoqda. Bu soliq islohoti konsepsiyasida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi UzDaily.

Moliya vazirining o‘rinbosari Vyacheslav Pak mazkur chora xususiy tadbirkor maqomidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash yoki kamaytirib ko‘rsatishda foydalanish ehtimolini pasaytirishini bildirdi.

“Dunyoning ko‘plab davlatlarida xususiy tadbirkorlar cheklangan doiradagi faoliyat turlarini bajaradi, bizda esa ularning ko‘lami juda keng. Ayrim xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tadbirkorlar 100 milliard so‘m aylanmaga ega”, — dedi Pak.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, O‘zbekistonda ham xususiy tadbirkorlar amalga oshirishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari maqbullashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют