» » O‘zbekistonda ayrim AYoQShlar xususiy shaxslarga ijaraga beriladi

O‘zbekistonda ayrim AYoQShlar xususiy shaxslarga ijaraga beriladi


O‘zbekistonda ayrim AYoQShlar xususiy shaxslarga ijaraga beriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 28-fevraldagi 149-son qarori bilan belgilandi, deb xabar beradi Norma.

Fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijaraga bosqichma-bosqich beriladi. Bu davlat-xususiy sheriklik shartlari hamda xususiy shaxslarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga neft mahsulotlarini sotishi asosida amalga oshiriladi.

Ushbu avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish uchun dizel yonilg‘isini ularning haqiqiy xarajatlari va rentabellikni ta’minlashidan kelib chiqqan holda belgilanadigan chegirmalarni hisobga olib, neft bazalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotib olishlari mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют