WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Rossiyada “MMM” asoschisi Mavrodining jasadi 4 kundan beri o‘likxonada qolmoqda
Rossiyada “MMM” asoschisi Mavrodining jasadi 4 kundan beri o‘likxonada qolmoqda
Rossiyada “MMM” moliyaviy piramidasi asoschisi, 26-mart kuni 62 yoshida vafot etgan Sergey Mavrodining jasadi 4 kundan beri o‘likxonada qolmoqda. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
Dastlabki taxminga ko‘ra, u yurak xuruji tufayli olamdan o‘tgan, biroq o‘limning aniq sababi hali belgilanmadi.
Agar shu jarayon yakunlanganidan keyin ham o‘likni olib ketgani hech kim kelmasa, Mavrodi umumiy qabrda davlat hisobidan dafn etiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Mavrodining ukasi Vyacheslav “MMM” asoschisini Xovansk qabristonidagi oilaviy qabrga, ota-onasining yoniga dafn etishga ruxsat bermagani bildirilgandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?