» » Mavrodining ukasi marhumni oilaviy qabrga dafn etishlariga ruxsat bermadi

Mavrodining ukasi marhumni oilaviy qabrga dafn etishlariga ruxsat bermadi


26-mart kuni vafot etgan “MMM” moliyaviy piramidasi yaratuvchisi Sergey Mavrodining ukasi marhumni o‘z ota-onasining yoniga dafn etishga ruxsat bermadi, deb xabar berdi TengriNews.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mavrodining ukasi Vyacheslav Xovansk qabristonidagi oilaviy qabrni tasarruf etish huquqiga ega. Xabar berilishicha, Mavrodi 2-apreldan keyin dafn qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 62 yoshli mavrodi Moskavada yuragi atrofida og‘riq turgani sabab shifoxonaga yotqizilgan edi, biroq uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Sergey Mavrodi Rossiya tarixida eng ko‘p jabrlanuvchiga ega moliyaviy piramida — “MMM” aksiyadorlik jamiyatining asoschisi hisoblanadi. 2003-yilda Mavrodi katta miqdordagi firibgarlik uchun sudlangan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, piramida oqibatida 10 454 kishi zarar ko‘rgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют