» » O‘zbekistonda 31-mart kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

O‘zbekistonda 31-mart kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi


Toshkentda 31-mart kuni havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.   Bu haqda Gidrometeorologiya markazi  ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zA.

Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18, kunduzi 26-28 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan sekundiga 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 28-33 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 11-16, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Toshkent viloyatining 2000 metrdan baland hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют