» » Samarqandda ikki qavatli ekskursiya avtobuslari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Samarqandda ikki qavatli ekskursiya avtobuslari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Samarqandda yaqin orada ikki qavatli ekskursiya avtobuslari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Ikki avtobusni Toshkentda 2015-yilda dabldekerlar harakatini boshlab bergan poytaxtning Aznur Travel kompaniyasi yetkazib berdi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, hozirda shaharning asosiy obidalarini qamrab oladigan harakatlanish yo‘nalishi tasdiqlanishi kutilmoqda.

Yo‘lovchilar uchun 8 tildagi audiotur ishlab chiqilmoqda. U orqali yo‘nalishdagi obyektlar va Samarqand tarixi haqida bilish mumkin.

Toshkentdagi kabi Samarqandda ham avtobuslarga chiptalarni kun bo‘yiga berilishi rejalashtirilmoqda: yo‘lovchilar bekatda tushib qolishi, shaharning u yoki bu qismi bilan tanishishi va sayohatini kelgusi reysda davom ettirishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют