» » Samarqandda “SamAvto” tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtobuslar harakatlana boshladi

Samarqandda “SamAvto” tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtobuslar harakatlana boshladi


Samarqand shahar ko‘chalarida zamonaviy LE-60 markali ISUZU avtobuslari aholiga xizmat ko‘rsatishni boshladi, deya xabar bermoqda “Zarafshon” gazetasi.

Xabar berishlaricha, “Samarqandhamkortrans” kompaniyasiga tegishli ikki yangi avtobus “6Ye — Kimyogarlar qo‘rg‘oni — Universitet xiyoboni” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanmoqda.

Sinov tariqasida harakatga chiqarilgan LE-60 markali bu yangi avtobuslar 56 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 25 o‘rindiqli. Kompaniya vakillariga ko‘ra, yo‘lovchilar soni, yoqilg‘i xarajatlari va boshqa omillar o‘rganilgach, avtobuslar soni oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etishlaricha, har bir avtobus uchun “Mikrokreditbank” viloyat filialidan besh yil muddatga 414 million so‘mdan kredit olingan.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют