» » Dunyodagi 8 ta eng noodatiy avtobus (fotogalereya)

Dunyodagi 8 ta eng noodatiy avtobus (fotogalereya)


2Drive nashri butun dunyo bo‘ylab eng noodatiy avtobuslar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.

AQShning General Motors kompaniyasi o‘tgan yuz yillikning 30—50-yillarda 12 ta GM Futurliner avtobuslarini chiqargan. Bugungi kungacha ularning 9 tasi saqlanib qolgan. Ikki yil avval ulardan biri kimoshdi savdosiga qo‘yildi va 4 million dollarga sotildi.

Golden Dolphin yagona nusxada ishlab chiqarilgan va 1956-yilda Jenevadagi avtosalonda birinchi marta taqdim etilgan. U 400 ot kuchiga teng dvigatel bilan jihozlangan, eng yuqori tezligi soatiga 200 kilometrga yetgan.

Sobiq ittifoqda loyihalangan va chiqarilgan birinchi avtobus. Shaharlararo reyslar uchun mo‘ljallangan avtobus 1955—1961-yillarda chiqarilgan.

Ushbu avtobusni 1934-yilda dizelli yuk mashinasi shassisida ishlab chiqishgan. Ammo u seriyali ishlab chiqarilmadi.

London ramzi bo‘lgan Routemaster 1954-yilda chiqarilgan va 2005-yil 9-dekabrgacha foydalanishda bo‘lgan. Bugungi kungacha bunday avtobuslarning bir necha yuztasi saqlanib qolgan.

50-yillarda Parijdagi sayyohlik agentligi buyurtmasiga ko‘ra yasalgan ikki qavatli avtobus. Bunday avtobuslar bor-yo‘g‘i uch nusxada chiqarilgan.

Avtobus 1965—68-yillarda chiqarilgan. Uning ikkita o‘ziga xos jihati bo‘lgan, bular — konditsioner va nostandart holatda joylashgan uchinchi g‘ildirak o‘qi.

Dunyoga mashur “Benzokolonka malikasi” filmida aynan shu avtobus tomoshabinlarni o‘ziga maftun etgan. Uni ishlab chiqarish bilan Lvov avtomobil zavodi shug‘ullangan.

Опубликовано: admin (2-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют