» » Dunyodagi eng noyob va qimmatbaho tangalar

Dunyodagi eng noyob va qimmatbaho tangalar


Maqolada dunyoning eng yirik auksionlari ma’lumotlariga ko‘ra ayni paytda eng qimmatbaho bo‘lgan tangalarni to‘pladik.

Beshinchi o‘rinda “Qirolicha Yelizaveta II” tilla tangasi joylashgan, u bugungi kunda eng yirik tanga hisoblanadi. Uning og‘irligi roppa-rosa 100 kilogrammga teng, shuning 99,999 foizini oltin tashkil etadi. “Qirolicha Yelizaveta II” Kanadaning Qirollik tanga saroyi tomonidan bosib chiqarilgan. Avstriyaning Doroteum auksion uyida ushbu tanga 4 million dollarga sotilgan.

1804-yilda shaxsan Siam qiroli uchun kumush Yubiley tangasi chiqarilgan. U “Tangalar qiroli” deb atalgan, numizmatika ishqibozi bo‘lgan qirolning kolleksiyasida munosib o‘rin topishga muvaffaq bo‘ldi. Qimmatbaholigi jihatidan dunyoda to‘rtinchi bo‘lgan tanga 2001-yilda xususiy kolleksioner tomonidan sotib olindi, u Siam qirolining butun kolleksiyasini 4,14 million dollarga xarid qildi.

Uchinchi o‘rindagi Edvard III — o‘rta asrlarga xos oltin florin 1343—1344-yillarda muomalada bo‘lgan. Uning nominal qiymati — 6 shilling. Spink auksionida tanga 6,8 million dollarga sotilgan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasida 1933-yilda zarb qilingan Ikki boshli Sen-Goden burguti joylashgan. Tarixchilar so‘zlariga ko‘ra, ushbu tanga XX asr boshlariga ham, bugungi kunga ham xos bo‘lgan o‘zaro bog‘liq global iqtisodiyotga qarshi kurash ramzi hisoblanadi. Tanga auksionda 7,59 million dollarga sotilgan.

Ayni paytda dunyodagi eng qimmatbaho tanga — “Yoyilgan soch” Dollari deb ataluvchi tanga. U 1794-yilda kumushdan bosib chiqarilgan va Irvine noyob tangalar kolleksiyasidan 7 850 000 dollarga sotilgan.

Опубликовано: admin (13-03-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют