» » Dunyodagi eng qimmatbaho 5 ta tosh

Dunyodagi eng qimmatbaho 5 ta tosh


Qimmatbaho toshlar o‘zining ajoyib jilvasi va benuqson tuzilishi bilan o‘ziga maftun qiladi. Aynan ana shunday estetik xususiyatlari tufayli brilliantlar, yoqutlar va zumradlar oddiy minerallardan ming martalab qimmat turadi. Lekin shunday toshlar borki, ularning narxi chegaradan oshib tushadi.

5-o‘rin: olmos — uzoq yillar davomida dunyodagi eng qimmatbaho va istalgan toshlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunga esa brilliantlarning (qirralangan olmoslar shunday ataladi) o‘ta ommabopligi sababchidir. Ayni paytda mukammal tarzda qirralangan D rangli brilliantning bir karati o‘rtacha 15 000 shartli birlikka sotiladi.

4-o‘rin: jadeit (imperial)  — ko‘p yillar davomida sayyoraning eng sirli toshlaridan biri maqomi egallab kelgan yashil rangli mineral. Bugungi kunda uning asosiy manbalari Xitoy, Yaponiya, Meksika, Qozog‘iston, Gvatemala va AQShda joylashgan. Yuqori sifatli jadeitning bir karati dunyo bozorida 20 ming dollarga teng.

3-o‘rin: padparaja — qadimda Shri-Lanka, Tanzaniya va Madagaskarda qazib olingan pushti-to‘q sariq sapfir. Hozir padparaja tabiiy ko‘rinishda deyarli umuman qolmagan, uni korund mineralini zarur konditsiyagacha qizdirish orqali olishadi. Bugungi kunda besh karatdan og‘irroq vaznli padparajaning har bir karati 30 ming dollargacha baholanishi mumkin.

2-o‘rin: grandidyerit — yashil-havorang, yashil-ko‘k rangdagi noyob mineral, uning ilk namunasi Shri-Lankada aniqlangan. Qirralangan grandidyeritlar hozirgi paytda o‘ta cheklangan miqdorda mavjud, ularning soni yigirmataga yaqin. Mineralning bir karati 30 ming dollardan ziyod turadi.

1-o‘rin: qizil olmos — o‘z oilasining eng qimmatbaho vakili hamda dunyodagi eng qimmatbaho tosh. Insoniyatning butun tarixi davomida ushbu mineralning bor-yo‘g‘i bir nechta nusxasi topilgan va ularning ko‘pchiligi juda kichik — 0,5 karatdan ham kamroq vaznga ega. Rangli olmoslarning yagona koni Avstraliyaning Argayl konida joylashgan, u yerda har yili bunday toshlardan sanoqli miqdorda qazib olishadi. Vazni 0,1 karatdan ortiq bo‘lgan toshlar odatda faqat kimoshdi savdolarida paydo bo‘ladi, u yerda bir karatning narxi 1 million dollardan oshadi.

Опубликовано: admin (2-03-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют