» » Namangandagi yangi avtobus yo‘nalishlarida Isuzu rusumli 55 ta avtobus qatnovga chiqdi

Namangandagi yangi avtobus yo‘nalishlarida Isuzu rusumli 55 ta avtobus qatnovga chiqdi


Namangan viloyatidagi yangi avtobus yo‘nalishlarida Isuzu rusumli 55 ta avtobus qatnovga chiqdi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda. 

Namangan shahrining markaziy qismini 12 ta turar-joy dahasi bilan bog‘lovchi yo‘nalishlar ishlab chiqildi. Foydalanishga topshirilgan yangi avtobuslar viloyat markazini qo‘shni qishloqlar bilan bog‘lash imkonini beradi. Jumladan, To‘raqo‘rg‘on tumani aholisini shaharga yetkazish uchun 7 ta avtobus xizmat qilmoqda. 

Yangi yo‘nalishlar ochilishidan tashqari, bir paytlar to‘xtatib qo‘yilganlari ham tiklanmoqda. Jumladan, chegaradagi Oqtom qishlog‘idan viloyat markaziga qatnov uchun yangi avtobuslar ajratildi. 

Viloyat yo‘llarida GPS-monitoring tartibida ishlovchi taksilarni ham endi tez-tez uchratish mumkin. Ularning soni 200 taga yetgani bildirimoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Namangan shahrining ba’zi ko‘chalarida kunduzi Damas avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют