» » Namangan shahrida Damas avtomobillarining harakatlanishi taqiqlandi

Namangan shahrida Damas avtomobillarining harakatlanishi taqiqlandi


Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov aholiga qoshimcha qulayliklar yaratish hamda xizmat korsatuvchi korxonalar ishini muvofiqlashtirish maqsadida farmoyish qabul qildi, deb yozadi Namnews.uz.

Ushbu farmoyish bilan Namangan shahar hokimligi hamda Ozbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat bolimining Namangan shahridagi Chorsu, Sardoba bozorlari, Temir yol vokzali hududlarida, A. Navoiy, B. Mashrab, A. Temur kochalarida transport oqimini tartibga solish, tirbandlikni bartaraf etish, yol-transport hodisalarining oldini olish, yol qoplamalari va transport toxtash joylarini tamirlash ishlarini yakunlash maqsadida mulkchilik shaklidan qatiy nazar joriy yilning 25-martidan boshlab har kuni soat 7:00 dan 20:00 ga qadar Temir yol vokzalidan A. Navoiy kochasi orqali Chorsu bozorigacha hamda Temir yol vokzalidan A. Temur va B. Mashrab kochalari orqali Chorsu bozorigacha maxsus transport vositalaridan (101, 102, 103, 104 va 105) tashqari Damas rusumli transport vositalarining harakatlanishini toxtatish togrisidagi takliflariga rozilik berildi.

Tuzilgan ishchi guruhi (T. Dadaboyev), Namangan shahar hokimligi (B. Bekxojayev), Ozbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat bolimi (A. Abdulhodiyev), viloyat IIB YHXB (I. Qobulov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A. Hakimov), Namangan shahar IIB (M. Dadajonov) larga shahar ichki yonalishlarida qatnaydigan yolovchi tashish transporti xizmatlarini yanada yaxshilash maqsadida, Namangan shahar komissiyasi tomonidan belgilangan yonalishlarda Ozbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu rusumli avtobuslarining jadval asosida muntazam harakatlanishini taminlash topshirildi.

Viloyat moliya boshqarmasi, xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boshqarmasiga bir hafta muddatda avtobus yolovchi tashish transporti xizmatlarining cheklangan tariflari, shu jumladan, ayrim fuqarolar (maktab, litsey va kollej oquvchilari, pensioner, nogiron)larga imtiyoz masalalarini yolovchi tashishning amalda shakllanayotgan xarajatlarini qoplashni taminlashni va aholi manfaalariga rioya qilishni hisobga olgan holda qayta korib chiqish va viloyat hokimligiga taklif kiritish vazifasi yuklatildi.

Namangan shahar hokimligi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, Ozbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi viloyat bolimi, viloyat Davlat soliq boshqarmasiga 2017-yilning 1-oktabriga qadar Namangan shahrida yolovchilar tashish transportida yol kira haqi uchun naqd pulsiz haq tolash tizimining joriy etilishini taminlash vazifalari topshirildi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (24-03-2017, 11:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 6) ( 3)
:
-
:
20 ... -