» » Toshkent avtobus saroyi 320 ta MAN va 515 ta Isuzu avtobusini sotib oladi

Toshkent avtobus saroyi 320 ta MAN va 515 ta Isuzu avtobusini sotib oladi


“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi korxonalarining harakatlanadigan tarkib parki 2020-yilga qadar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 835 ta avtobusi bilan to‘ldiriladi. Jumladan, MAN Avto-Uzbekistan qo‘shma korxonasining siqilgan gazda harakatlanuvchi 320 ta katta sig‘imli MAN avtobusi hamda Samarqand avtozavodi ishlab chiqargan 515 dona Isuzu avtobusi sotib olinadi. Bu hukumatning 11-martda qabul qilingan “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan. Hujjat faqatgina avtomobil transporti — avtobuslar va yo‘nalishli taksilarga taalluqli. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Qaror asosida tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2017-yilda poytaxt yo‘nalishlarida 50 ta MAN va 140 ta Isuzu, 2018-yilda mos ravishda — 70 va 175, 2019-yilda — 190 va 200 dona avtobuslar harakatlanadi. Kelgusi yilda 30 ta shaharlararo yo‘nalishlarda qatnovchi MAN xarid qilinadi.

Qarorda shahar yo‘lovchi transportining mavjud yo‘nalishlar tarmog‘ini takomillashtirish va yangi yo‘nalishlarni ochish ham belgilangan. Jumladan, 77 ta avtobus yo‘nalishida trassada harakatlanish qisqartiriladi, 4 tasida u o‘zgartiriladi va 4 tasida — uzaytirilib, 5 ta yangi yo‘nalish ochiladi va 2 tasi yopiladi. 8 ta shahar atrofidagi yo‘nalish bo‘yicha trassada harakatlanish qisqartiriladi.

Sakkizta yo‘nalishda Mercedes-Benz mashinalari Isuzu bilan almashtiriladi. 5-avtobus parkining sakkizta yo‘nalishi 1- va 2-parklarga berilib, 5-park hududida ta’mirlash bazasi tashkil etiladi.

33 ta yo‘nalishli taksi liniyalarida mikroavtobuslarni takomillashgan va zamonaviy rusumdagilari bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Yo‘nalishli taksilarning yettita liniyasi yopilib, to‘qqiztasi qisqartiriladi, sakkiztasida esa harakat chizmasi o‘zgartiriladi.

1-iyulga qadar metropolitenning “Paxtakor”, “Beruniy” va “Olmazor” bekatlari, yil oxirigacha “Do‘stlik” va “Chorsu”, 2019-yilda yangi “Turkiston” stansiyasi yaqinidagi avtobus va yo‘nalishli taksilarning oxirgi to‘xtash punktlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab shahar atrofi yo‘nalishlarining oxirgi to‘xtash punktlarini olib tashlash belgilangan.

Transport harakatini GPS-monitoring qilish tizimini rivojlantirish davom ettiriladi. Ikki oylik muddat ichida Toshkent yo‘lovchi transportida yo‘l kirani to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish yuzasidan hukumat qarori loyihasi tayyorlanishi lozim.

Bundan tashqari, yil oxiriga qadar 2030-yilgacha Toshkent yo‘lovchi transportini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilishi lozim.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют