» » O‘zbekistonda yana bir yer silkinishi qayd etildi

O‘zbekistonda yana bir yer silkinishi qayd etildi


30-mart kuni soat 23:45 da O‘zbekiston hududida yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Zilzila markazi Toshkent shahridan 465 kilometr uzoqlikda, Afg‘onistonda bo‘lgan va magnitudasi 5,2 ballni tashkil etgan.

Yer silkinishi kuchi Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryoda 2 ball, Surxondaryoda esa 2-3 ballni tashkil etdi.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Eslatib o‘tamiz, bu 30-mart kuni O‘zbekistonda kuzatilgan ikkinchi zilzila bo‘ldi. Shu kuni soat 03:54 da ham 2-3 balli yer silkinishi qayd etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют