» » The Wall Street Journal muxbiri: O‘zbek xalqiga hurmatim balandligi sabab o‘zbek tilini o‘rganganman

The Wall Street Journal muxbiri: O‘zbek xalqiga hurmatim balandligi sabab o‘zbek tilini o‘rganganman


AQShning nufuzli The Wall Street Journal gazetasining muxbiri Tomas Grouv Afg‘oniston masalasi bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjumanda ishtirok etdi va bu boradagi o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi, deb xabar berdi “O‘zA.

Bundan 15 yil oldin ham Toshkentga kelgan edim. Mehmondo‘st, bag‘rikeng o‘zbek xalqiga hurmatim balandligi sababli qisman o‘zbek tilini ham o‘rganganman. Toshkent – tinchlik, do‘stlik shahri. “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzuida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyaning bosh maqsadi ham ayni shu jihatlarga qaratilgan.

Konferensiya Afg‘onistonda tinchlik tarafdorlarini ezgu maqsad yo‘lida birlashtirdi. Unda Afg‘onistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.

O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan oqilona siyosat, nafaqat O‘zbekistonda, balki mintaqadagi tinchlikni saqlashga qaratilgani bilan g‘oyat ahamiyatlidir. Konferensiyada Shavkat Mirziyoyev so‘zlagan nutqida afg‘on diyorida yashayotgan tinch aholi manfaatlarini ko‘zlab tinchlik o‘rnatishga qaratilgan aniq taklif va mulohazalar bildirildi. Bu o‘z natijasini beradi, deb o‘ylayman.

Tomas Grouv, The Wall Street Journal muxbiri 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют