» » Superliga. Bugun Toshkentda “o‘zbekcha klassiko”, Qo‘qonda esa vodiy derbisi bo‘ladi

Superliga. Bugun Toshkentda “o‘zbekcha klassiko”, Qo‘qonda esa vodiy derbisi bo‘ladi


Bugun, 31-mart sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetadi. Kun taqvimidan 3 o‘yin o‘rin olgan.

29-mart sanasida “So‘g‘diyona” hamda “Qizilqum” jamoalari 4-turni boshlab bergan edi. O‘yinda “Qizilqum” g‘olib chiqdi.

Grigalashvilining xet-triki “Qizilqum”ga g‘alaba keltirdi (video)

Kecha, 30-mart kuni ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Birida “Bunyodkor” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alabaga erishdi.

“Bunyodkor” “Buxoro”ni mag‘lub etdi, ammo Sport-TV o‘yinni jonli translyatsiya qilmadi

Kunning ikkinchi o‘yinida “Nasaf” o‘z uyida “Metallurg”ni qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi.

“Nasaf” o‘z maydonida “Metallurg”ni yuta olmadi (video)

Bugun esa Qo‘qonda muxlislar vodiy derbisiga —  “Qo‘qon-1912” hamda “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga guvoh bo‘ladi. O‘yin 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Olmaliqda AGMK — “Lokomotiv” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.

Turning markaziy o‘yini Toshkentda “Paxtakor” va “Neftchi” o‘rtasida kechadi. Bahs 20:00 ga belgilangan.

Superliga

4-tur bellashuvlari

31-mart, shanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют