» » Fransiyadagi sayyohlik kompaniyalari rahbarlari maxsus reys orqali Samarqandga keldi

Fransiyadagi sayyohlik kompaniyalari rahbarlari maxsus reys orqali Samarqandga keldi


Parij turistik kompaniyalari assotsiatsiyasining yillik yigilishi Samarqandda otkaziladi. Shu maqsadda 31-mart kuni erta tongda Fransiyaning Parij shahridagi turistik kompaniyalar assotsiatsiyasi (Ile de Franc) azolari Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasining maxsus reysi orqali Samarqandga keldi, deb xabar beradi OzA.

Joriy yilning 22-fevral kuniShavkat Mirziyoyev raisligida Ozbekistonda turizmni rivojlantirish masalalariga bagishlab otkazilgan videoselektor yigilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Ozbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi Parijdagi turistik kompaniyalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda assotsiatsiyaning navbatdagi yillik yigilishini Samarqand shahrida otkazish boyicha kelishuvga erishgan edi. Ushbu kelishuv asosida Parijdagi turistik kompaniyalarning 100 nafardan ortiq rahbar va masul xodimlarining Ozbekistonga tashrifi uyushtirildi.

Samarqand xalqaro aeroportida mehmonlarni Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov boshchiligidagi rasmiylar tantanali kutib oldi.

Shahar hokimi mehmonlarni Ozbekistonga tashrifi bilan qutlab, assotsiatsiyaning navbatdagi yigilishi Samarqandda otkazilishini qollab-quvvatlashi va buning uchun barcha imkoniyatlar yaratilganini takidladi. Samarqand shahar hokimligi va shahardagi sayyohlik firmalari Parij shahri bilan turizm sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Ile de Franc assotsiatsiyasi prezidenti Lionel de Robiye Fransiyadagi sayyohlik kompaniyalarining Ozbekistonga mazkur tashrifi ikki davlat ortasida turizm sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va bu borada yangi istiqbollar ochishga xizmat qilishini takidladi. Kutib olish marosimining yuqori saviyada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

Samarqand qadimiy Buyuk ipak yolining markazi, mojizaviy shahar. Bu shaharga kelish va uning gozalligidan bahramand bolish har bir fransuzning orzusi hisoblanadi. Shuning uchun bugun Samarqandga Fransiyadagi eng yirik sayyohlik kompaniyalari vakillari tashrif buyurib, bu yerdagi turizm industriyasi ishtirokchilari bilan hamkorlik qilish niyatida. Assotsiatsiyamizning navbatdagi yigilishini ushbu tarixiy shaharda otkazish esa, biz uchun ulkan sharaf, dedi Lionel de Robiye.

Tashrif davomida assotsiatsiyaning yigilishi otkazilishi barobarida Samarqand shahridagi turistik obyektlarga sayohat, Samarqand va Jizzax viloyatlarining turizm imkoniyatlari boyicha taqdimotlari, mahalliy turistik firma va kompaniyalar vakillarining fransuz hamkasblari bilan uchrashuvlarini tashkil etish kozda tutilgan.

Mehmonlar 2-aprel kuni Buxoro shahriga sayohat qiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (31-03-2018, 13:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -