» » Shavkat Mirziyoyev — harbiy poligonlardagi sharoitlar haqida: Har bir yotoqxona oldida hammom tashkil qilish kerak

Shavkat Mirziyoyev — harbiy poligonlardagi sharoitlar haqida: Har bir yotoqxona oldida hammom tashkil qilish kerak


O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni “Forish” tog‘-dala o‘quv bazasida bo‘lgani haqida avvalroq fotoreportaj taqdim etilgan edi.

Tashrif vaqti Prezidentga dastlab O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida jangovar tarkibning yangi qiyofasiga bag‘ishlangan videolavha namoyish etildi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev mazkur tog‘-dala o‘quv bazasida harbiylarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Prezident harbiylar uchun ajratilgan yotoqxona, mashg‘ulotlar maydonlarida ham bo‘lgan.

Bu yerda harbiylarga barcha sharoitlar yaratish zarur. Har bir yotoqxona oldida hammom tashkil qilish kerak. Barchamiz shuni yaxshi bilishimiz lozim — bugungi harbiy xizmat yuqori tayyorgarlik va zamonaviy ko‘nikmalarni talab qiladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

O‘zAning xabar berishicha, dala mashqlariga chiqqan harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash maqsadida baza kutubxonasi turli mavzudagi adabiyotlar va kundalik nashrlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti faollari ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, intellektual bellashuv va o‘yinlar, shaxmat-shashka, stol tennisi, futbol, voleybol kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerni namunaviy poligonga aylantirish, yangi konsepsiya ishlab chiqib, O‘zbekistondagi barcha harbiy poligonlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Bu kabi harbiy o‘quv bazalar konsepsiyasini ishlab chiqish kerak. Hozir bu yerdagi barcha narsalar ma’naviy eskirgan. Poligonlar harbiy xizmatchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish bilan birga g‘oyaga xizmat qilishi zarur. Harbiylar bu yerga kelganda haqiqiy vatanparvarlik ruhini his qilishi kerak. Bu yer iftixor, g‘urur, kuch, bilim maskani bo‘lishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Prezident bu yerda o‘quv-mashg‘ulotlarni ham ko‘zdan kechirdi. Jumladan, 25 xil o‘quv-mashg‘ulot mashqlari namoyish etilgan.

“Mashg‘ulotlarning birida shartli qurollangan buzg‘unchi to‘dalar razvedka guruhlari orqali aniqlandi. O‘sha ma’lumotlar asosida qaysi taktikani qo‘llash, qanday quroldan foydalanish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqildi va dushman yakson qilindi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Tashrif chog‘ida Prezident O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan harbiy anjomlar va askarlarning safar taomlarini ham ko‘zdan kechirgan. Bu kabi dala-o‘quv mashg‘ulotlari harbiylarning jangovar tayyorgarligini oshirishda, ularning zamonaviy harbiy texnikalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2018, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют