» » Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinladi

Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z o‘g‘lini Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinladi


30-mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning qarori bilan uning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deb yozadi Tengrinews.

Turkmanistonning TDH davlat axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuniyoq Turkmaniston parlamentiga saylovlar natijalari e’lon qilindi. Serdar Berdimuhamedov 25 700 nafar saylovchilarning ovozini yoki jami ovozlarning 91,42 foizini qo‘lga kiritdi.

Turkmaniston konstitutsiyasining 87-moddasiga ko‘ra, Majlis deputati bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasi a’zosi, hokim, archin, sudya, prokuror lavozimini egallay olmaydi.

Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari rasman Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydi, shu sababli bu yerda qonun buzilishi yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют