» » “Qozog‘iston go‘zali — 2018” tanlovida 16 yoshli atiraulik qiz g‘olib bo‘ldi (foto)

“Qozog‘iston go‘zali — 2018” tanlovida 16 yoshli atiraulik qiz g‘olib bo‘ldi (foto)


31-mart kuni Ostonadagi Tinchlik va ahillik saroyida bo‘lib o‘tgan “Qozog‘iston go‘zali” tanlovi finalida atiraulik 16 yoshli Alfiya Yersayin g‘olib bo‘ldi, deb yozadi Tengrinews. Mamlakatning birinchi go‘zalini qozog‘istonliklar onlayn tarzda va SMS orqali ovoz berish yo‘li bilan tanladi.

Qiz “Dunyo go‘zali—2018” tanlovida Qozog‘iston nomidan qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, unga 3 million tenge (9400 dollar) miqdoridagi pul mukofoti taqdim etiladi, lyuks brendlar bilan ko‘p sonli reklama shartnomalari tuziladi.

Alfiya Atirau gumanitar kollejida “Tasviriy san’at va chizmachilik” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiydi. Voleybol va raqs bilan shug‘ullangan. 13 yoshida modellar maktabiga kelgan. 2017-yilda “Atirau go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют