» » Jizzaxlik fuqaroga Cobalt uchun 3 yillik ishonchnoma 11 ming dollarga tushdi

Jizzaxlik fuqaroga Cobalt uchun 3 yillik ishonchnoma 11 ming dollarga tushdi


Zominlik Usmon Mirahmedov Jizzax shahridagi “Obod” mahallasida istiqomat qiluvchi tanishi Mehribon Xushnudxonova hamda uning ukasi Temirga (ism-shariflar shartli) ishongan edi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U.Mirahmedov avtomobil sotib olish niyatida yurganini M.Xushnudxonovaga aytadi. M.Xushnudxonova esa uning mushkuli oson bo‘lgani, ukasi T.Xushnudxonovda Cobalt mashinasi borligi, o‘zi oraga tushib, arzonroqqa olib berishni va’da qiladi.

Shundan so‘ng U.Mirahmedov sarmoyasini bir joyga to‘playdi. Kelishuvga ko‘ra, avtomobil 18 ming dollarga narxlanib, oluvchiga uch yillik ishonchnoma qilib beriladi.

U.Mirahmedovning quvonchi bir oy davom etdi. Kutilmaganda T.Xushnudxonov mashinani qaytarib olib, boshqa xaridorga sotib yuboradi. Ammo U.Mirahmedovning oldindan bergan 11 ming dollari qaytarib berilmaydi.

Mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют