» » O'zbekiston uyali aloqa kompaniyalari 1-apreldan yangi chastotalar rejasiga o’tdi

O'zbekiston uyali aloqa kompaniyalari 1-apreldan yangi chastotalar rejasiga o’tdi


O'zbekiston uyali aloqa kompaniyalari 1-apreldan boshlab  yangi chastotalar rejasida ishlamoqda: Beeline radiochastotali kanallarining bir qismini Ucell, UMS va Uzmobile kompaniyalariga berdi, deya ma’lum qildi “Daryo”ga Beeline matbuot xizmati.

Bir yil avval Radiochastotalar bo’yicha respublika kengashi qaroriga binoan Beeline 2017-yilning 1-oktabriga qadar ovozli radio chastotalarining deyarli spektrning yarmini  qayta taqsimlash uchun raqobatchilar foydasiga berish taklif qilingan edi. Bir necha muzokaralardan so’ng, kengash 2017-yilning 11- sentabr kuni yangi radiochastota rejasiga o’tish davrini 2018-yil 1-apreliga qadar uzaytirish to’g'risida qaror qabul qildi, shuningdek, bozorning barcha ishtirokchilariga bir vaqtning o’zida texnologik betaraflik taqdim etildi.

Mazkur hujjatga binoan endi uyali aloqa operatorlari 900 va 1800 MGts chastotalarida nafaqat “ovozli” 2G standartini, balki 3G va 4G texnologiyalarini rivojlantirish huquqiga ega. Bu mobil aloqa operatorlariga mamlakatning eng chekka aholi punktlarini ham tezkor internet bilan ta’minlash imkonini beradi.

Mart oyining so’nggi kunida Beeline 900 va 1800 MGts chastotalaridagi radiochastotasining 47 foizidan foydalanishdan voz kechdi. Yangi tarmoq uskunalarini sotib olish uchun bundan avval qilingan investitsiyalar tufayli, bu Beeline abonentlari uchun sezilarsiz tarzda amalga oshirildi. Yaqin kunlarda boshqa mobil aloqa operatorlari ham Beeline bo’sh kanallari yordamida yangi radiochastota rejasiga o’tishlari kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют