WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Sukerberg Telegram aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‘lishi mumkin
Sukerberg Telegram aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‘lishi mumkin
Telegram asoschisi Pavel Durov jalb etgan investorlarning yarmidan ko‘pi Facebook bilan bog‘liq. Arab shayxi Hamdon ibn Muhammad al-Maqtum Facebook asoschisi Mark Sukerberg bilan katta miqdordagi tokenlar xaridi yuzasidan muzokara olib bormoqda. Xarid amalga oshsa, Telegram aksiyalarining 51 foizi Facebook yurisdiksiyasiga o‘tishi mumkin, deb yozadi TJournal.
TON loyihasining ishga tushirilishi bilan Pavel Durov eski xatosini takrorlaydi, deb yozadi nashr. Oldinroq Mail.RU Group xuddi shu yo‘l bilan “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ini Durovdan tortib olgan edi.
Sukerberg ikkita messenjerni birlashtirishni rejalashtirmayapti. Shu bilan birga, may oyida Telegram’da Instagram’dagi kabi Stories paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?