» » Sukerberg ikkinchi qizi tug‘ilishi munosabati bilan ikki oyga ta’tilga chiqadi

Sukerberg ikkinchi qizi tug‘ilishi munosabati bilan ikki oyga ta’tilga chiqadi


Facebook asoschisi Mark Sukerberg ikkinchi qizi tug‘ilishi munosabati bilan ikki oyga ta’tilga chiqadi. Bu haqda u 18-avgust, juma kuni ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Ikkinchi qizimiz yaqinda dunyoga keladi va men yana, birinchi qizalog‘im tug‘ilganidagi kabi, ikki oyga ta’til olishni rejalashtirmoqdaman”, — deya yozuv qoldirdi Sukerberg Facebook’dagi sahifasida.

U kompaniyasida xodimlarga bunday holatlarda 4 oylik ta’til berilishi va uni bo‘lib-bo‘lib olish mumkinligini eslatib o‘tdi.

“Avvaliga rafiqam Prissilla va qizlar bilan bir oyni o‘tkazaman, keyin esa dekabrda ham ular bilan birga bo‘laman. Ishga qaytganimda ofisim joyida bo‘lishidan umidvorman”, — dedi hazilomuz Facebook asoschisi.

Ma’lumot uchun, Sukerberg va Prissilla Chan 2012-yil bahorida turmush qurdi. Juftlikning 2015-yilda tug‘ilgan Maks ismli qizi bor.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют