» » Toshkent viloyatining tog‘li hududlari favqulodda vaziyatlar oldini olish uchun aerovizual o‘rganildi

Toshkent viloyatining tog‘li hududlari favqulodda vaziyatlar oldini olish uchun aerovizual o‘rganildi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zgidromet, Davlat geologiya qo‘mitasining xavfli geologik jarayonlarni kuzatish markazi, “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi mutaxasisslaridan iborat guruh tomonidan Pskem va Oygaing daryolarining havzasi aerovizual o‘rganildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Aerovizual kuzatuv ishlari Pskem va Oygaing havzalarining baland tog‘laridagi qor zaxiralarining qalinligi, qor ko‘chishi, yer ko‘chkisi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan maydonlarni  o‘rganish hamda daryolarning Chorvoq suv omborigacha bo‘lgan hududlarining suv hajmini baholash maqsadida olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi tog‘li va tog‘oldi mintaqalarini aerovizual kuzatuvlar o‘tkazish favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli gidrometeorologik va geologik jarayonlar dinamikasini o‘rganish imkoniyatini beradi, o‘rganish natijalari asosida ogohlantirish va oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Ushbu xavfli hodisalar yuzaga kelish ehtimoli yuqori bo‘lsa, qor ko‘chkisi, sel, yer ko‘chkisi to‘g‘risida tegishli tashkilotlarga xabar qilinadi.

Parvozning birinchi kuni yakunlandi, navbatda Sangardak, To‘palang va Ohangaron daryolarining o‘zanlarini o‘rganish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют