» » FVV tuzilmalari Yangi yil oldidan kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi

FVV tuzilmalari Yangi yil oldidan kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi hududida Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular sodir bo‘lganda tezkorlik bilan oqibatlarini bartaraf etish maqsadida favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy va tarkibiy tuzilmalari kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur harakat Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

“Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda, yurtimiz aholisiga Yangi yil archalarini xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda o‘rnatish va bezatish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda is gazi va ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish borasida tushuntirish ishlari keng qamrovda olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 108) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют