» » IShID Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tahdid solmoqda

IShID Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tahdid solmoqda


IShID terrorchilik tashkiloti Rossiyada futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan  jahon chempionatida bir qator teraktlarni amalga oshirish bilan tahdid qilmoqda. Bu boradagi xulosaga tashkilotning Telegram’dagi shifrlangan akkauntlari tadqiq etilganidan so‘ng kelingan, deb xabar berdi Forum Daily.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ayrim suratlarda terrorchilar uchuvchisiz uchar qurilmalardan foydalangan holda o‘yinchi va muxlislar ustiga bomba tashlayotgani tasvirlangan. Bundan tashqari terrorchilik tashkiloti stadionga xudkushlarni jo‘natish niyatida. Ular yangi zamonaviy texnologiya — devorlardan uchib o‘tuvchi uchar xoverborddan foydalanishi mumkin.

Xavfsizlik xizmatidagi manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, terrorchilar uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmalarga kimyoviy yoki bakterial moddalardan iborat qurollarni ham joylashtirishi mumkin.

Rossiya maxsus xizmati vakillarining ma’lum qilishicha, ular IShID va “Al-Qoida” tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan teraktlarni bartaraf etishga tayyor.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют