» » Namanganda velopatrul faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Namanganda velopatrul faoliyati yo‘lga qo‘yildi


Namangan viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan  patrul-post xizmati batalonida mamlakatda ilk bor velopatrul xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur patrul ayni vaqtda Namangan shahrida 5 yo‘nalishda kunu-tun xizmat olib bormoqda. Uning asosiy vazifalari jamoat joylarida tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga birinchi yordam ko‘rsatish, jinoyatning tezkor ravishda oldini olish, xizmat sifati va jamoat taribini saqlash samaradorligini tubdan takomillashtirish, ichki ishlar organlarida mobilizatsiyani rivojlantirishdan iborat.

Velopatrul shaharda ko‘p qavatli uylar orasidagi tor ko‘chalar, transport vositalari kirishi chegaralangan hududlar, jumladan, bozor, dam olish maskanlari, bog‘ va hiyobonlarda aholiga o‘z vaqtida sifatli yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Xizmat velosipedidagi xodim to‘liq ekipirovkalangan bo‘lib, maxsus vositalar, xizmat sumkasi, birinchi yordam ko‘rsatish qutisi va shahar xaritasi bilan ta’minlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют