» » Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi


Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish yuzasidan hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Kelishuv o‘tgan yil oxirida Toshkentda “Rosatom” korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov va O‘zbekiston bosh vaziri Nodir Otajonov tomonidan imzolangandi.

Hujjatda O‘zbekistonda milliy infrastrukturani yaratish va takomillashtirish, atom energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash, mamlakatda AES va tadqiqot reaktorlari qurish, shuningdek, ularning faoliyatini doimiy kuzatib borish o‘zaro hamkorlik uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

O‘zbekistonda uran konlari razvedkasi, radioaktiv izotoplar ishlab chiqarish va ularni sanoat, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida qo‘llash, ilmiy va fundamental tadqiqotlar borasida hamkorlik ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют