» » Toshkentda WorldFood Uzbekistan – 2018 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Toshkentda WorldFood Uzbekistan – 2018 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


Joriy yil 4—6-aprel kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida oziq-ovqat sanoati sohasiga ixtisoslashgan WorldFood Uzbekistan – 2018 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘n sakkizinchi bor tashkil etilayotgan ko‘rgazmada 26 davlatdan 200 ga yaqin kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda. Ular orasida ilk bor Belarus sanoatchilari ham qatnashadi. Bu haqda ko‘rgazmaoldi matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

— Bu yil ko‘rgazma ish dasturi juda qiziqarli va keng qamrovli bo‘lishi kutilmoqda, – deydi Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Oyimxon Bobojonova. — Ko‘rgazma avvalida oziq-ovqat mahsulotlarini sifatlash “Sifat ustasi” tanlovi o‘tkaziladi. Unda oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari sifati hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi va g‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanadi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston — Belarus sanoatchilari xalqaro forumi o‘tkazilishi belgilangan. Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oziq-ovqat sanoati bo‘yicha o‘zaro tajriba almashadi, savdo aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etiladi. Xalqaro tadbirda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash sohasidagi yangi texnologiyalar namoyish etiladi.

Yana bir yangilik — O‘zbekistonda ilk bor “Riteyl markaz” o‘z ishini boshlaydi. Bu markaz oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilari va savdo tarmoqlari o‘rtasida mahsulot yetkazib berish bo‘yicha bevosita muzokaralar maydoni vazifasini o‘taydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют