» » Gretsiyada o‘tkazilgan oziq-ovqat va ichimliklar xalqaro ko‘rgazmasida ilk bor O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi

Gretsiyada o‘tkazilgan oziq-ovqat va ichimliklar xalqaro ko‘rgazmasida ilk bor O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi


Afinada oziq-ovqat va ichimliklar “Food Expo Greece – 2018” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Beshinchi marta tashkil etilayotgan mazkur ko‘rgazma oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklariga mo‘ljallangan mintaqadagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan navbatdagi tadbirda AQSh, Avstraliya, Belgiya, Bolgariya, Gretsiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Italiya, Isroil, Polsha kabi dunyoning 22 davlatidan kelgan 1250 dan ortiq kompaniya va firma vakillari ishtirok etdi.

Savdo-sanoat palatasi, Eksportni qo‘llab-quvvatlash fondi va O‘zbekistonning Gretsiyadagi konsulligi ko‘magida o‘zbekistonlik ishbilarmonlar ilk bor mazkur ko‘rgazmada ishtirok etdi. Ko‘rgazma doirasida 70 mingdan ziyod ishtirokchi tashrif buyurgan bo‘lib, ularning 3,5 mingdan ortig‘i dunyoning 65 mamlakatidan kelgan xaridor va mutaxassislar ekani ko‘rgazmaning mintaqada nechog‘lik muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat.

O‘zbekiston milliy stendi ostida taqdim etilgan quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, qandolatchilik mahsulotlari, makaron, biologik faol qo‘shimchalar, quritilgan mevalarni qayta ishlash, asal, spirtli ichimliklar ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Xalqaro forumda o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning Gretsiya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Pokiston, Polsha, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Xitoy kabi davlatlarning yetakchi kompaniya vakillari bilan B2B doiradagi uchrashuvlari tashkil etildi.

Muzokaralarda O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar, oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan zamonaviy ixcham texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish bo‘yicha qiymati 28 million dollarlik shartnomalar imzolashga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют