» » O‘zbekiston tekstil mahsulotlari Moskvadagi “Tekstillegprom – 2017” xalqaro yarmarkasida namoyish etildi

O‘zbekiston tekstil mahsulotlari Moskvadagi “Tekstillegprom – 2017” xalqaro yarmarkasida namoyish etildi


Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “Tekstillegprom – 2017” xalqaro yarmarkasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi, deb xabar berdi O‘zA.

“Tekstillegprom – 2017” xalqaro yarmarkasi tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida eng so‘nggi yutuqlar namoyish etiladigan o‘ziga xos platforma hisoblanib, unda sohaning yetakchi kompaniya va firmalari ishtirok etadi. Bu yilgi yarmarkada O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Bangladesh, Germaniya, Italiya, Polsha, Niderlandiya, Portugaliya, Bolgariya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Belarus, Qirg‘iziston kabi 28 mamlakat vakillari qatnashgan.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi “O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda 40 ga yaqin tadbirkorning mazkur yarmarkada ishtirok etishiga ko‘maklashdi.

Yarmarka doirasida O‘zbekiston kompaniyalari nufuzli firma va kompaniyalar bilan sohada hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirishga kelishib oldi. O‘zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan xorijiy sheriklar bilan 146 million dollarga teng eksport shartnomalari imzolangan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют