» » Samarqandlik tadbirkorlar Xitoydagi yarmarka tashkilotchilari bilan teleko‘prik orqali bog‘landi

Samarqandlik tadbirkorlar Xitoydagi yarmarka tashkilotchilari bilan teleko‘prik orqali bog‘landi


Samarqandda viloyat tadbirkorlari va Xitoyning Guanchjou shahridagi Canton Fair yarmarkasi tashkilotchilari o‘rtasida teleko‘prik shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.

2013-yilda Samarqand viloyati va Shansi provinsiyasi o‘rtasida birodarlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani tadbirkorlar uchun ham keng imkoniyatlar yaratdi. Bugungi kunda viloyatda Xitoy kapitali ishtirokida 40 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Hududlar ishbilarmonlarining hamkorlikda biznes forumlar o‘tkazishi muntazamlik kasb etgan. 2016-yilda Samarqandda “O‘zbekiston—Xitoy biznes forumi va kooperatsion birjasi” bo‘lib o‘tgan edi. Bu gal tadbirkorlar telemuloqot orqali hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Bahor va kuz fasllarida bo‘lib o‘tadigan Canton Fair yarmarkasi jahon miqyosida ham yirik ko‘rgazmalardan hisoblanadi. Uch bosqichda o‘tkaziladigan ko‘rgazmada mashina va maxsus uskunalar, ehtiyot qismlar, qurilish va tayyorlov materiallari, keramika, oyna, metall, mebellar, tibbiyot jihozlari, maishiy texnikalar, tekstil va furnitura mahsulotlari namoyish etiladi.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Shuning uchun yarmarkada yurtingizdagi ishbilarmonlar o‘z mahsulotlarini ko‘proq namoyish etishlarini istaymiz. Yarmarka pavilyonlari Xitoyning eng yirik ko‘rgazmalari o‘tadigan qismida joylashgan va unda mahalliy hamda xorijiy davlatlarning yirik kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar namoyish etiladi. Hamkorligimiz samarasida yurtingizdan tashrif buyuradigan ishtirokchilar yanada ko‘payadi.

Xan Sibau, yarmarka tashkilotchilaridan biri 

Telemuloqotda Xitoyning Xenan provinsiyasi delegatsiyasining joriy yil 12—14-iyul kunlari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida ichki va xalqaro turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan 10 dan ortiq loyihani amalga oshirish, bu borada belgilangan chora-tadbirlar ijrosi ham muhokama qilindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют