» » O‘zbekiston shirinliklari Fors ko‘rfazi davlatlariga eksport qilinadi

O‘zbekiston shirinliklari Fors ko‘rfazi davlatlariga eksport qilinadi


O‘zbekiston kompaniyalari Dubayda bo‘lib o‘tgan Gulfood 2018 oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasida ilk bor o‘z mahsulotlarini taqdim etdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Jumladan, ko‘rgazmada Ardent Foods, Chococream, Finland Butter, Glory Food kompaniyalarini birlashtiruvchi N’Medov kompaniyalar guruhi, konfetlar va konditer mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi — “Yoshlar” kompaniyasi ishtirok etdi.

Milliy stend O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi va Dubaydagi bosh konsullik tomonidan ta’sischisi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mahalliy kompaniya ko‘magida tashkil etildi.

Ko‘rgazma doirasida BAA, Ummon, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazining boshqa davlatlari kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi. Ularning yakuni bo‘yicha arab mamlakatlariga O‘zbekiston konditer mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют