» » AQSh Rossiya elchisi Karlovning o‘ldirilishi haqidagi ish bo‘yicha Gulenni ekstraditsiya qilishi mumkin

AQSh Rossiya elchisi Karlovning o‘ldirilishi haqidagi ish bo‘yicha Gulenni ekstraditsiya qilishi mumkin


AQSh adliya vazirligi islom xatibi va “Fatxullachilar terrorchilik tashkiloti” (FETO) rahbari Fatxulla Gulenni Turkiyadagi Rossiya elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishiga aloqadorlik ayblovi bo‘yicha ekstraditsiya qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Bu haqda muassasa rasmiy vakili Nikol Navas ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.

“Biz Turkiya hukumati bu borada taqdim etadigan har qanday materiallarni ko‘rib chiqamiz”, — dedi u.

Andrey Karlov 2016-yil 19-dekabrida, “Rossiya turklar nigohida” ko‘rgazmasining ochilish marosimida otib o‘ldirilgandi. Qotil — 22 yoshli politsiyachi Mavlud Oltintosh o‘sha kuniyoq voqea joyida yo‘q qilingan.

2018-yil 29-mart kuni Turkiyada FETO faoliyati tekshiruvlarida oshkor bo‘lgan shaxslar qo‘lga olina boshladi.

2-aprel kuni esa Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Karlovning o‘ldirilishi ortida Gulenning harakati turganini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют