» » Boliviya va Salvadorda kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi

Boliviya va Salvadorda kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi


Boliviyaning janubiy qismida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda 2-aprel, dushanba kuni AQSh geologiya xizmati xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Seysmologlar ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishlari epimarkazi Karandaiti aholi punktidan o‘n kilometr shimoli-sharqda, uning o‘chog‘i esa 557 kilometr chuqurlikda joylashgan. U Boliviya tarixidagi eng kuchli zilzila bo‘lganligiga qaramasdan, uning o‘chog‘i chuqur yer ostida joylashganligi sababli dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va vayronagarchiliklarni keltirib chiqarmagan.

2-aprel kuni kechqurun, Salvadorda ham 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi. U San-Visente departamenti sohillarida sodir bo‘lgan.

Vayronagarchiliklar va qurbonlar haqida xabar berilmadi. Sunami tahdidi e’lon qilinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют