» » Meksikada 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Meksikada 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi


Meksikaning Oaxaka shtatida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh geologiya xizmatiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Yer osti silkinishlarining epimarkazi Pinotepa de Don Luis aholi punktidan 37 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i esa 24,7 kilometr chuqurlikda.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto zilziladan so‘ng Favqulodda vaziyatlar milliy qo‘mitasida yig‘ilish o‘tkazgan. Meksika prezidenti qurolli kuchlarga o‘zining bo‘linmalarini tabiiy ofatdan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun yo‘naltirishni buyurgan.

Yer osti silkishini oqibatida Meksikada millionga yaqin uy elektr energiyasisiz qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют