» » Meksikada 19-sentabr kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 355 kishiga yetdi

Meksikada 19-sentabr kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 355 kishiga yetdi


Meksikada 19-sentabr kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ortishda davom etmoqda. Ayni vaqtga qadar vayronalar ostidan 355 kishining jasadi chiqarib olindi. Bu haqda fuqarolik mudofaasi xizmati milliy koordinatori Luis Felipe Puentega asoslanib, “TASS” xabar berdi.

“Butun mamlakat bo‘ylab 355 kishi halok bo‘ldi: Mexiko shahrida 214 nafar, Morelos shtatida — 74, Puebleda — 45, Mexiko shtatida — 13, Gerreroda — 6 ta va Oaxakada — bir kishi”, — deb yozadi Puente. Mexikoda vayron bo‘lgan binolarni tozalash ishlari davom etmoqda. 400 ga yaqin jabrlanuvchi shifoxonada, ulardan 60 nafarining ahvoli og‘ir.

Meksika milliy seysmologiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, yer osti silkinishlarining epimarkazi poytaxtdan 111 kilometr janubda, Axochyapan (Morelos shtati) aholi punktidan 12 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Uning o‘chog‘i 57 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Mavzuga doir: Meksikada zilziladan oqibatida yetkazilgan zarar 2 milliard dollarga baholandi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-09-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют