» » 19-sentabr kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Mexikoda halok bo‘lganlar soni 200 kishidan oshdi

19-sentabr kuni sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Mexikoda halok bo‘lganlar soni 200 kishidan oshdi


Qutqaruvchilar 19-sentabr kuni Meksika sodir bo‘lgan zilzila oqibatida yuzaga kelgan vayronalar ostidan jasadlarni chiqarib olishni davom etmoqda. Fuqarolik mudofaasi xizmati milliy koordinatori Luis Felipe Puentening 28-sentabr, payshanba kuni ma’lum qilishicha, poytaxtda tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 204 kishiga yetgan, deb xabar berdi “TASS”.

“Butun mamlakat bo‘ylab halok bo‘lganlar soni 343 kishiga yetgan: Mexikoda (shahri) — 204, Morelos shtatida — 74, Puebleda — 45, Mexiko shtatida — 13, Gerreroda — 6 ta va Oaxakаda — bitta”, — deb yozadi Puente o‘zining Twitter’dagi sahifasiga. Bir necha yuz odam hamon shifoxonada.

Meksika milliy seysmologiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, yer osti silkinishlarining epimarkazi poytaxtdan 111 kilometr janubda, Axochyapan (Morelos shtati) aholi punktidan 12 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Uning o‘chog‘i 57 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Hukumatning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ zarur bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют