» » WBA reytingida kuchli o‘nlikka kirgan yengilmas bokschi Shohjahon Ergashevning raqibi o‘zgardi

WBA reytingida kuchli o‘nlikka kirgan yengilmas bokschi Shohjahon Ergashevning raqibi o‘zgardi


Jahon boks uyushmasi — WBA yangi reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik yengilmas professional bokschi Shohjahon Ergashev (12 ta g‘alaba, 12 tasi ham nokaut bilan) kuchli o‘nlikka kirdi va dunyoning to‘qqizinchi raqamli bokschisiga aylanib oldi.

Bu ko‘tarilish faqat men uchun emas, balki butun o‘zbek xalqining yutug‘idir. Men kutayotgan chempionlik kamariga ega chiqishimga bor-yo‘g‘i sakkiz pog‘ona qoldi va men asta-sekinlik bilan ushbu pog‘onalarni bosib o‘tishimga ishonaman.

Shohjahon Ergashev, bokschi

Avvalroq bokschining 28-aprelda navbatdagi jangda xitoylik Jimin Vangga qarshi ringga chiqishi ma’lum qilingandi. Ammo raqib noma’lum sabablarga ko‘ra, xitoylik bokschi bilan jang bekor bo‘lgan. Shohjahon aynan shu sanada Nyu-Yorkdagi Barclays Center arenasida belaruslik Kiril Relixga qarshi ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.

Ayni paytda Shohjahon bo‘lajak jang uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Belaruslik 28 yoshli bokschi Kiril Relix faoliyati davomida 24 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 22 tasida g‘alaba qozongan. Raqiblarini 19 ta jangda muddatidan avval nokautga uchratgan. Prof boksdagi debyut jangini 2011-yilning 25-aprel kuni o‘tkazgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют